Maktab yangiliklari

Sverdlovsk viloyati “Ulibka” raqs ansambli Toshkent shahrida!

2025-yil 10-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati delegatsiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya 12-dekabrga qadar poytaxtimizda bo‘lib turib, belgilangan dastur doirasida shahrimizning qator madaniy va ta’lim maskanlariga tashriflar amalga oshirdi.

11-dekabr juni kecha delegatsiya Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida mehmon bo‘ldi. Tashrif jarayonida “Ulibka” raqs ansambli tomonidan rang-barang va yuqori mahorat bilan ijro etilgan konsert dasturi taqdim etildi.

Shu bilan birga, Madaniyat va ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar rahbarlari ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu tashrif ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash, ijodiy tajriba almashish va yoshlar o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Sverdlovsk
Sverdlovsk
Sverdlovsk
Sverdlovsk
Sverdlovsk