Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’ati maktabi 1972-yilda tashkil topgan. 200 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan, I tipga kiradi. Maktab davlat dasturi asosida 2011-yil rekonstruksiya qilingan.
2025-2026 o‘quv yilida 14-sonli BMSMda 58 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Bolalar musiqa va san’at maktabining faoliyati davomida maktab o‘quvchilari nafaqat shahar, tuman, viloyat balki respublika, chet ellardagi turli tanlovlarda, shu jumladan onlayn tarzda o‘tkazib kelinayotgan, ishtirok etib kelishmoqda.
Ukrainada oʻtkazilgan «Soul» nomli xalqaro onlayn tanlovda fortepiano yoʻnalishi oʻquvchisi Yusman Yeva 1-oʻrin;
Moskva shahrida oʻtkazilgan “Yangi yil karnavali” nomli xalqaro onlayn tanlovda tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Umarova Omina 1-oʻrin;
Rossiya Federasiyasida oʻtkazilgan "Perspektiva" nomli xalqaro ijodkorlar onlayn tanlovida tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchilari Norimova Sevinch, Xaydarova Farangiz 1-oʻrin, Umarova Omina 2-oʻrin;
Finlandiyaning Xelsinki shahrida oʻtkazilgan “Finlandiya yuragi” nomli xalqaro onlayn tanlovi tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchilari Qobilova Moxinur Akbarali qizi, Xakimova Xilola Ulugʻbek qizi 1-oʻrin;
“Roza Vostoka” xalqaro festival-tanlovida tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Xakimova Xilola Ulugʻbek qizi Gran-Pri;
“Botir Zokirov – milliy san’atimiz fidoyisi” nomli tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Xakimova Xilola Ulugʻbek qizi Gran-Pri;
Bolalar musiqa va san’at maktablari oʻquvchilarining san’at yoʻnalishi boʻyicha respublika tanlovida tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Xakimova Xilola Ulugʻbek qizi 1-oʻrin;
Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan “Creative palette” tanlovida fortepiano yoʻnalishi oʻquvchilari Xamzaev Arslan Ridvanovich 1-oʻrin, Davlatova Gita Tulkinovana Gran pri, Yusman Yeva Aleksanrovna 2-oʻrin, Muxamedova Arina Anvarovna 2-oʻrin;
Belorussiya Respublikasida boʻlib oʻtgan “Slavyansk bozori” xalqaro tanlovda estrada xonandaligi yoʻnalishi oʻquvchisi Axmerova Sofiya Maratovna 3-oʻrin;
Italiyada boʻlib oʻtgan “Prometey” xalqaro tanlovida fortepiano yoʻnalishi oʻquvchisi Yusman Yeva Aleksanrovna 1-oʻrin;
Rossiya Federasiyasi Kranodar oʻlkasida boʻlib oʻtgan “Raduga detstva” ” xalqaro tanlovida fortepiano yoʻnalishi oʻquvchisi Yusman Yeva Aleksanrovna 1-oʻrin;
Rossiya Federasiyasi Moskva shahrida boʻlib oʻtgan “Otkritaya Yevropa – otkritaya planeta” tanlovida tanlovi tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchilari Vakilova Munisa Bekzodovna va Xakimova Hilola Ulugʻbek qizi Gran pri;
Ispaniyada boʻlib oʻtgan “World art games” xalqaro tanlovida fortepiano yoʻnalishi oʻquvchilari Soy Polina Andreevna va Ovakimyan David Karenovich 1-oʻrin;
Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan “Vremena goda” tanlovida tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Qobilova Moxinur Akbarali qizi 2-oʻrin;
Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahrida boʻlib oʻtgan “Future star” xalqaro koʻrik-tanlovida xoreografiya yoʻnalishining “Jasmin” raqs guruhi 2-oʻrin;
Rossiya Federasiyasida boʻlib oʻtgan “Korabl znaniy” xalqaro koʻrik-tanlovida tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchisi Qobilova Moxinur Akbarali qizi 1-oʻrin;
Italiyada boʻlib oʻtgan «Italy – lands of wonders» xalqaro koʻrik-tanlovda fortepiano yoʻnalishi oʻquvchilari Xamzaev Arslan Ridvanovich va Gataullin Daniil Ilyasovich 1-oʻrin;
«Qalb» Turkiya-Uzbekiston tanlovida xalq cholgʻulari yoʻnalishi afgʻon rubobi sinfi oʻquvchisi Muboshirxonov Xumoyun 3-oʻrinni egallashgan.