Maktab ma’muriyati

Direktor
Kurbanov
Baxtiyor Bahodirovich
14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori
Telefon: +998 71 267-03-75
Qabul kunlari:
Dushanba - 10.00 - 12.00,
Chorhanba - 10.00 - 12.00
1991-1996 yy. - P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurti talabasi
1996-2004 yy.- Qarshi Sanʼat bilim yurti o‘qituvchisi
2004-2007 yy. -Qarshi Sanʼat kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2007-2008 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi O‘rta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi markazining Taʼlim standartlarini takomillashtirish va ilg‘or
pedagogika texnologiyalarini joriy etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2009-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi O‘rta maxsus,
kasb- hunar taʼlimi markazining Yangi avlod darsliklari va o‘quv metodik-qo‘llanmalar
yaratish bo‘limining bosh mutaxassisi
2011-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Musiqa va sanʼat taʼlim muassasalari
boshqarmasi bosh nazoratchisi
2014-2018 yy.-Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori
2018-2018 yy. - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Taʼlim muassalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik
taʼminlash bo‘limi boshlig‘i
2018 y. - h.v. -Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori

- Muassasa faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, o‘quv-tarbiya jarayonlari va ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uni takomillashtirish;

- Ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, davlat va jamoat tashkilotlarida uning manfaatlarini himoya qilish;

- Muassisga moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

- Yillik o‘quv-tarbiya rejasini tasdiqlash va pedagogik jamoa tomonidan ushbu rejaning amalga oshirilishini nazorat qilish;

- Musiqa va san’at sohasidagi yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga, uning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish;

- Ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish;

- O‘quvchilarni muassasaga qabul qilish, keyingi sinfga o‘tkazish va ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar berishni tashkil qilish;

- Ota-onalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish;

- Xodimlarga mehnat qilish va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, xodimlarning vazifalari va lavozim majburiyatlarini belgilash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish hamda o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

- Korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish;

Zavuch
Shermatova
Sitora Toxirovna
14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv ishlari va ma’naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon:+998 71 267-03-75
Qabul kunlari:
Seshanba - 14.00 - 16.00,
Payshanba - 10.00 - 12.00
2009-2011 - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 27-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi
fortepiano o‘qituvchisi
2013-2024 - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 27-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi
fortepiano o‘qituvchisi
2024-2025 - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi
fortepiano o‘qituvchisi
2025 y. - h.v. - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’at
maktabi direktorining o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

- O‘quv-tarbiyaviy ishlar va ish hujjatlarining ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;

- O‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish;

- O‘qitish uslubini tahlil qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish;

- Pedagog xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishini nazorat qilish;

- O‘quv-tarbiyaviy, uslubiy ish rejalari, dars jadvali, ochiq darslar va mahorat darslari rejasi, sinov imtihonlari, pedagoglar haqida ma’lumotlar, o‘quv mashg‘ulotlari tarifikatsiyasini tuzish va tasdiqlash uchun muassasa direktoriga taqdim etish;

- Direktor bo‘lmagan vaqtda (mehnat ta’tili, kasalligi, xizmat safari va boshqa holatlarda ) uning vazifasini bajarib turish;

- Pedagog xodimlar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini, o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy hamda sinfdan tashqari ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

- O‘quv-tarbiyaviy ishlarningyillik va oylik rejalarini ishlab chiqish;

- Pedagog kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish;

- Pedagog xodimlarga metodik yordam ko‘rsatash, pedagog xodimlarning pedagogik faoliyatini tahlil qilish;

- Pedagog xodimlarning musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha taqvimiy

- Ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek yakka tartibdagi va guruh mashg‘ulotlari jadvalini tuzish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

- Pedagog xodimlarning ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

- O‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish;

- Yakka tartibdagi va guruh jurnallarining belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash;

- O‘quv-yili davomida pedagog xodimlarning o‘quv yuklamalaridagi o‘zgarishlarni muvofiqlashtirib borish;

- Sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Direktor
Eshimova
Dilafruz Yusupovna
14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon: +998 71 267-03-75
Qabul kunlari:
Dushanba - 14.00 - 16.00,
Shanba - 10.00 - 12.00
2000 - 2002 yy-Toshkent viloyati Pedagogika bilim yurti talabasi
2002 - 2008 yy-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 15-sonli umumta’lim
maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
2008 - 2024 yy- Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi kutubxonachisi
2024 - h.v. - Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining
xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

- Xo‘jalik faoliyatini boshqarish, muassasada o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun xonalar tayyor holda saqlanishini ta’minlash;

- Mablag‘lardan maqsadli foydalanish tadbirlarini o‘z vakolati doirasida ishlab chiqish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanilishini ta’minlash;

- Moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qilish, shartnoma majburiyatlarining belgilangan muddatida to‘liq bajarilishini ta’minlash, moliyalashtirishning qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan turli manbalari hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;

- Tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar tushumini to‘liq hisobga olish;

- 14-sonli BMSMga qo‘shimcha moliyaviy manbalar va moddiy mablag‘larni jalb etish hamda xodimlar va o‘quvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- O‘quv jihozlari, asbob-uskunalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;

- Moddiy-texnik bazani rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va qo‘shimcha ob’yektlarning texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda o‘rganib borish;

- Yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning sinf xonalari va boshqa xonalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini amalga oshirish;

- Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishli ravishda ko‘mir, suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma’lumotlarni muassasa direktoriga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilg‘ilarning sifati va saqlanishini ta’minlash;

- 14-sonli BMSMga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, o‘ziga bo‘ysunuvchi tegishli bo‘lim hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlarini nazorat qilish;

- sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etish.