Özbekiston Respublikasi davlat ramzlari

Özbekiston Respublikasi davlat bayroği

“Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği töğrisida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining navbatdan taşqari ötkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxşilikni, donişmandlikni, halollikni, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi.

Bayroqdagi oq rang–muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritqiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Oq rang – poklik, beğuborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, içki gözallikka intilişning timsoli.

Yaşil rang – tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil çiziqlar – vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Oq rangdagi navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Davlat bayroğimizdagi oq rangdagi ön ikki yulduz tasvirini özbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, öz tuproğida saodatga intilişi ramzi sifatida tuşuniş lozim.

Özbekiston Respublikasi davlat gerbi

“Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining X sessiyasida qabul qilingan.

Özbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi körinişgа egа: toğlаr, dаryolаr vа söl tomoni buğdoy boşoqlаridаn, öng tomoni esа çаnoqlаri oçilgаn ğözа şoxlаridаn iborаt çаmbаrgа örаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyoş zаrrin nurlаrini soçib turаdi.

Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburçаk tаsvirlаngаn bölib, uning içki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi - qаnotlаrini yozgаn Humo quşi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа Özbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyroğini ifodа etuvçi çаmbаr lentаsining bаntidа “Özbekiston” deb yozib qöyilgаn.

Özbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli körinişidа: Humo quşi vа dаryolаr - kumuş rаngidа; quyoş, boşoqlаr, pаxtа çаnoqlаri vа “Özbekiston” yozuvi - oltin rаngidа; ğözа şoxlаri vа bаrglаri, toğlаr vаvodiy - yaşil rаngdа; çаnoqlаrdаgi pаxtа - oq rаngdа; lentа - Özbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyroğining rаnglаrini аks ettiruvçi uç xil rаngdа; sаkkiz- burçаk - oltin zаrhаl bilаn hoşiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngdа tаsvirlаngаn.

Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi

Abdulla Oripov sözi .......................................... Mutal Burhonov musiqasi

Serquyoş hur ölkam, elga baxt, najot,
Sen özing döstlarga yöldoş, mehribon!
Yaşnagay to abad ilmu fan, ijod,
Şuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bağri keng özbekning öçmas iymoni,
Erkin, yoş avlodlar senga zör qanot!
Istiqlol maş’ali tinçlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu böl obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!