Maktab yangiliklari

E.U. Mamadjanova mahorat darsi o‘tkazdi

Joriy yilning 24-noyabr kuni san’atshunoslik fanlari nomzodi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Elnora Ulmasovna Mamadjanova maktabimizda mahorat darsi o‘tkazdi.

E.U. Mamadjanova Britaniya Etnomusiqashunoslik forumi, An’anaviy musiqani o‘rganish bo‘yicha Xalqaro qo‘mita va Gnesinlar nomidagi Musiqiy akademiyasi jamoatchilik kengashi a’zosi.U 9 ta kitob va 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy va O‘zbekiston kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro anjumanlar ishtirokchisi.

Uchrashuv o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ilhom va motivatsiyaga boy bo‘ldi.

Mahorat darsi
Mahorat darsi
Mahorat darsi