Maktab yangiliklari

“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik va adolat garovi!”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatimizning bosh qomusi bo‘lib, respublikamizda qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari Konstitutsiya asosida shakllantiriladi va hayotga tadbiq etiladi. Diyorimiz mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol haqidagi azaliy orzu-umidlarimiz amalga oshdi. Natijada asriy qadriyatlarimiz tiklandi va rivojlanib bormoqda. Madaniyatimiz, dinimiz o‘zining tabiiy-tarixiy, milliy, diniy asoslariga qaytmoqda. Ayniqsa ma’naviy merosni o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirib ketgan turli sohalardagi asarlarni ommalashtirish, ona tili va dinimiz rivojlanishi uchun sharoit yaratildi.

2025-yil 4-dekabr kuni 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik va adolat garovi!” mavzusida madaniy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda maktabimiz o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan she‘r, kuy-qo‘shiq, raqslar ijro etildi. Tasviriy san‘at bo‘limi o‘quvchilari ko‘rgazma tashkil etib, o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish qilishdi.

Konstitutsiya
Konstitutsiya
Konstitutsiya
Konstitutsiya
Konstitutsiya
Konstitutsiya