Maktab yangiliklari

Dars jarayonlari avjida!

14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida öquv jarayonlari qizğin davom etmoqda. Maktabda yoş avlodning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, ularning san’atga bölgan qiziqişini oşiriş hamda milliy va jahon san’ati durdonalariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tasviriy san’at maşğulotlarida öquvçilar ranglar jilosi, şakllar uyğunligi va tasviriy ifoda vositalari orqali öz tasavvurlarini qoğozga tuşirişni örganmoqdalar. Ularning har bir ijodiy işi öziga xos dunyoqaraş, izlaniş va gözallikni his etiş qobiliyatini namoyon etadi.

Xoreografiya darslarida esa nafis harakatlar, ritm va musiqa uyğunligi ustida işlanmoqda. Öquvçilar raqs san’atining sir-asrorlarini özlaştiriş bilan birga, sahna madaniyati, ijro mahorati va jismoniy harakatlar aniqligini ham takomillaştirmoqdalar.

Fortepiano maşğulotlarida yoş musiqaçilar kuylarni ifodali ijro etiş, musiqiy asarlarning mazmunini anglaş, texnik mahorat va ijroçilik könikmalarini rivojlantiriş ustida muntazam şuğullanmoqdalar. Har bir dars ularning musiqiy tafakkuri va badiiy didini şakllantirişga xizmat qilmoqda.

An’anaviy çolğu yönalişida milliy musiqa merosimizni çuqur örganiş, kuylarning öziga xos ohangini his etiş va ularni mahorat bilan ijro etişga alohida e’tibor berilmoqda. Xalq çolğulari maşğulotlarida esa öquvçilar milliy çolğularimizning boy imkoniyatlarini örganib, ustozlar kömagida ijroçilik mahoratlarini oşirib bormoqdalar.

Maktab pedagoglari har bir öquvçining qobiliyati va qiziqişidan kelib çiqib, ularning ijodiy imkoniyatlarini röyobga çiqariş, mustaqil fikrlaşini rivojlantiriş hamda kelajakda malakali ijodkor bölib yetişişiga munosib hissa qöşmoqdalar.

14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida davom etayotgan mazmunli darslar, ustozlarning fidokorona mehnati va öquvçilarning izlanişlari san’atsevar, iste’dodli yoşlar kamoloti yölidagi muhim qadamlardir.