Toşkent şahrida ijod, gözallik va obodonçilikni özida mujassam etgan «Art-subbоtnik» («Art şanbalik») tadbiri bölib ötdi. Mazkur taşabbus şahar muhitini yanada çiroyli qiliş, san’at orqali atrof-muhitga estetik joziba bağişlaş hamda aholi, ayniqsa, yoşlar orasida ijodkorlik va bunyodkorlik ruhini yuksaltirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbirda 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilari ham faol iştirok etdilar. Yoş ijodkorlar özlarining san’atga bölgan qiziqişlari, gözallikni his etiş qobiliyati va ijodiy salohiyatlarini namoyon etiş imkoniga ega böldilar.
«Art-subbоtnik» — bu şunçaki obodonlaştiriş tadbiri emas, balki san’atni kundalik hayot bilan uyğunlaştiriş, umumiy makonlarga ijodiy ruh bağişlaş va yoş avlodda öz şahriga mehr-muhabbat tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladigan ezgu taşabbusdir. Bunday tadbirlar öquvçilarning jamoa bilan işlaş, taşabbus körsatiş va atrof-muhit gözalligiga daxldorlik hissini rivojlantirişda ham muhim örin tutadi.
Zero, şahar gözalligi nafaqat uning körkam binolari va obod köçalarida, balki şu gözallikni yaratişga hissa qöşayotgan insonlarning ezgu işlari va ijodida ham namoyon böladi.
Toşkentni birgalikda yanada gözal qilamiz!