2025-yil 18-noyabr kuni Turkiyaning Kutahya shahridagi Ahmet Yakupog‘lu guzel san’atlar litseyi va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 14-soʻnli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘rtasida muhim hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy, ijodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish, qo‘shma loyihalar, konferensiyalar va ko‘rgazmalarni yo‘lga qo‘yish, malakali o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.