Maktab yangiliklari

Bugun yana bir faxrli lahza!

Joriy yilning 18-noyabr kuni Kütahya Dumlupınar Universiteti prorektori Mustafa Chori tomonidan Toshkent shahar 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Baxtiyor Kurbanovga esdalik sertifikat topshirildi.

Ushbu sertifikat Turkiyada, Kütahya Dumlupınar universitetida Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi hamda TİKA hamkorligida o‘tkazilgan “Tirik meros — bizning motivlarimiz: Ipak yo‘lidan Anado‘ligacha” mavzusidagi I-xalqaro simpoziumda munosib ishtirok etgani uchun taqdim etildi.

Mazkur xalqaro ilmiy-madaniy maydonda O‘zbekiston vakillarining faol ishtiroki — yurtimiz madaniy merosi, ijodiy maktablarimiz nufuzi va xalqaro hamkorliklar ko‘lamining yuksalib borayotganidan dalolat.

Baxtiyor Kurbanovni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!

Yurtimiz madaniyati dovrug‘i yanada baland bo‘lishida bunday tashabbuskorlarning o‘rni beqiyos!

Turkiya
Turkiya
Turkiya
Turkiya
Turkiya
Turkiya
Turkiya