Maktab yangiliklari

Xalq çolğulari bölimida hisobot konserti bölib ötdi

Joriy yilning 22-may kuni maktabimiz Xalq çolğulari bölimi dutor sinfi öquvçilari tomonidan hisobot konserti taşkil etildi. Mazkur tadbir davomida yoş ijroçilar öquv yili mobaynida egallagan bilim va könikmalarini namoyiş etdilar.

Konsert dasturidan özbek xalq kuy-qöşiqlari, milliy va zamonaviy bastakorlar asarlari örin oldi. Öquvçilar dutor çolğusida yakkanavoz va ansambl ijrolari bilan tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdilar. Har bir çiqiş yoş musiqaçilarning ijroçilik mahorati, sahna madaniyati va milliy musiqamizga bölgan mehrini yaqqol namoyon etdi.

Tadbirda öquvçilarning ota-onalari, ustozlar hamda san’at ixlosmandlari iştirok etib, yoş iste’dodlarning çiqişlarini iliq kutib oldilar. Konsert yakunida faol öquvçilarning erişgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.

Bunday hisobot konsertlari öquvçilarning sahna tajribasini oşiriş, ijodiy salohiyatini rivojlantiriş hamda milliy çolğu ijroçiligi an’analarini davom ettirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir kötarinki ruhda ötib, barçada unutilmas taassurotlar qoldirdi.