Maktab yangiliklari

Rasmlar körgazmasi taşkil etildi

9-may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan joriy yilning 8-may kuni 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bölimi öquvçilari tomonidan körgazma taşkil etildi. Körgazmada öquvçilarning rangtasvir, grafika hamda amaliy san’at yönalişlarida yaratgan ijodiy işlari namoyiş etildi. Ayniqsa, tinçlik, vatanparvarlik, faxriylarni e’zozlaş va ajdodlar xotirasini qadrlaş mavzusidagi asarlar tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Mazkur körgazma yoş avlod qalbida milliy qadriyatlar, yurtga sadoqat va ajdodlar xotirasiga hurmat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.