Maktab yangiliklari

“Şahar fortepiano festivali – 2026” bölib ötdi

Joriy yilning 26-mart kuni Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Mirzo Uluğbek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Şahar fortepiano festivali – 2026” bölib ötdi.

Mazkur festival Toşkent şahridagi bolalar musiqa va san’at maktablari örtasida taşkil etilib, yoş ijroçilarning mahoratini namoyon etiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda fortepiano san’atini keng tarğib qilişga xizmat qildi.

Tadbir davomida:

— iqtidorli öquvçilar tomonidan mumtoz va zamonaviy asarlar ijro etildi;

— yoş iste’dodlar öz salohiyatini namoyon etdi;

— san’at muxlislari unutilmas musiqiy lahzalarga guvoh bölişdi.

Uşbu festival - yoş avlod qalbida san’atga mehr uyğotuvçi, iste’dodlarni kaşf etuvçi muhim madaniy maydon böldi.

Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş yölida izçil iş olib bormoqda.