Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘ida “CHOPON FEST 2025” festivali o‘tkazildi. U turli yosh va ijodiy qiziqishlarga ega mehmonlarni oʻziga jalb etdi. Festival milliy ruh, ijod va ilhom baxsh etuvchi unutilmas muhitni yaratdi. Festival an’analar zamonaviylik bilan uygʻunlashgan, har bir ishtirokchi oʻzini ulkan madaniy tadbirning bir boʻlagi sifatida his qilgan maydonga aylandi. “CHOPON FEST 2025” insonlarni birlashtiruvchi, ilhomlantiruvchi va quvonch ulashuvchi bayramga aylandi!