Maktab yangiliklari

Hamkorlik memorandumlari imzolandi

Joriy yilning 24-mart kuni Xorazm viloyati, Xiva shahrida muhim hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur hujjat Xorazm viloyatidagi 1-, 5-, 12- va 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari hamda Toshkent shahar 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘rtasida tuzildi.

Hamkorlik memorandumi shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi bilan ham tuzildi.

Ushbu hamkorlik san’at va madaniyat yo‘nalishida tajriba almashish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar sari yana bir muhim qadam!