O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.
Mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish, bandlik, ta’lim va tadbirkorlik masalalarini hal qilishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasida tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Bekzod Baxromov yosh xodimlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Muloqot davomida ayniqsa raqamlashtirish hamda matbuot xizmati yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. Axborot ochiqligini ta’minlash, raqamli platformalar orqali tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Yoshlar — tizimning eng katta kuchi, taraqqiyot va yangilanish drayveridir.