8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni gözal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutluğ sanada xotin-qizlarga ehtirom körsatiş anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bölib, yuqori maqom darajasiga kötarilmoqda. Insoniyat tarixida ayol azaldan mehr-şafqat va sadoqat timsoli bölib kelgan. Inson, oila, ayol tuşunçalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bölmaydi. Oilani ham, jamiyatni ham birlaştirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mötabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.
Joriy yilning 6-mart kuni 14-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlangan “Ayol baxtli bölsa, jamiyat baxtlidir” bayram tadbiri taşkil qilindi. Bayram tadbirida maktabda faoliyat yuritayotgan barça bölim öquvçilari iştirok etişdi. Ular ijrosida yangragan quvnoq kuy va qöşiqlar, dilrabo raqslar tadbirga özgaça fayz baxş etdi.