Joriy yilning 17-fevral kuni 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano hamda xalq çolğulari yönalişi öqituvçilari va öquvçilari tomonidan tarğibot-taşviqot konserti taşkil etildi.
Konsert davomida öquvçilar öz ijodiy mahoratlarini namoyiş etib, milliy va jahon mumtoz kuy-qöşiqlarini ijro etdilar. Tadbir kötarinki ruhda ötib, tomoşabinlarga unutilmas taassurotlar ulaşdi.
Mazkur konsertda Mirzo Uluğbek tumani 71- va 148-sonli umumta’lim maktablari öquvçilari tomoşabin sifatida iştirok etdilar. Ular konsert dasturini katta qiziqiş bilan kuzatib, ijroçilarning çiqişlarini iliq kutib oldilar.
Şuningdek, tadbirda Özbekiston davlat konservatoriyasining umumiy fortepiano bölimi talabalari ham iştirok etdilar. Ular ustozlari — Mirzayeva A.N., Abdullayeva A.M. hamda Dadamuhamedova rahbarligida öz çiqişlarini namoyiş etib, yuqori ijroçilik mahoratini körsatdilar.