“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Madaniyat vazirligining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Madaniyat vazirligining huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Madaniyat vazirligi rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Madaniyat vazirligi faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) bo‘ysunadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlik o‘z faoliyatini, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy madaniyat organlari), Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladilar.
8. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, qisqartmasi — Madaniyat vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Minkultura;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The Ministry of Culture of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Ministry of Culture.
9. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): 100029, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy.
10. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
O‘zbek davlat sirki, davlat teatrlari, teatr studiyalari, ko‘zi ojizlar kutubxonalari, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi, Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr va konsert saroyi, “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi, Respublika baxshichilik san’ati markazi, M. Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi, “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi, Xalqaro festivallar direksiyasi;
Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, K. Zaripov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk kolleji, Respublika musiqa va san’at kolleji, R. Gliyer nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, bolalar musiqa va san’at maktablari, Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniy-ma’rifiy muassasalar;
“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, “Binolardan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi, “Guliston”, “Teatr” va “Moziydan sado” jurnallari tahririyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari, madaniyat markazlari.
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifalari hamda yo‘nalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, moddiy rag‘batlantirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
madaniyat tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga, shu jumladan, madaniyat tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va himoya qiladi;
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning madaniyat va san’at sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko‘radi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash uchun o‘z xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik tizimi mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning e’tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yo‘li bilan hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarda budjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, madaniyat sohasining holatini qiyosiy tahlil qiladi;
Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatishining ta’lim bilan bog‘liq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;
madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va san’at sohasiga taalluqli dasturiy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va san’at arboblarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
aholining keng qatlamlari orasida madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda mamlakatning davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish choralarini ko‘radi;
aholining ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantiradi;
aholini milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
barcha mavjud davlat madaniyat tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazadi;
sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish choralarini ko‘radi;
davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilar jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi choralarini ko‘radi;
notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan chop etilishini va ularning ta’lim muassasalariga to‘liq yetkazilishini ta’minlaydi;
madaniyat va san’at sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jurnallar, blankalar, o‘quv-metodik komplekslar, byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari e’lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi.
b) aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish sohasida:
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda teatr san’atining rolini oshirish choralarini ko‘radi;
kompozitor, bastakor va sozandalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, havaskorlar orasidan iste’dodli ijrochilarni aniqlash maqsadida turli darajadagi ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazadi,
an’anaviy musiqa janrlarini yangi shart-sharoitlarda takomillashtirish maqsadida “ustoz-shogird” an’anasini yanada rivojlantiradi;
milliy va jahon kompozitorlari ijodiyotini insoniyat intellektual xazinasi sifatida xalq orasida keng targ‘ib qilish, zamonaviy ruhda yuksak badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantiradi, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlarni rivojlantiradi;
“ustoz va shogird” an’anasi asosida milliy raqs sohasidagi yetuk raqs ustalari, iste’dodli va yuqori malakali ijrochilarning raqs maktablarini yaratish, ularning uslublarini tiklash va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda milliy raqs va xoreografiya san’atini badiiy jihatdan rivojlantiradi;
avloddan avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan jozibali raqs namunalarini to‘plash va boyitishni amalga oshiradi, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg‘ularini singdiradi;
xalq ustalarining o‘ziga xos uslubi va maktabini davom ettirishda, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan tajriba almashishda “ustoz-shogird” an’anasidan samarali foydalanishni ta’minlaydi, shuningdek, ijodiy ustaxonalar faoliyatini kuchaytiradi;
xalq amaliy san’ati an’analarini saqlash va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, xalq hunarmandchiligini qo‘llab-quvvatlaydi;
yurtimiz va xorijda keng ko‘lamdagi ko‘rgazmalar tashkil etish orqali milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish choralarini ko‘radi;
buyuk rassomlar, xalq ustalari va rassomlari, san’at arboblari va iste’dodli yosh ijodkorlarning sara asarlarini ommalashtiradi;
madaniyat markazlarida xalq badiiy havaskorlik va ijrochilik san’atini rivojlantirishga, ularning shakl va usullarini takomillashtirishga ko‘maklashadi;
joylarda madaniy-ma’rifiy faoliyatning samarali usullarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishga va targ‘ib qilishga ko‘maklashadi.
v) badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish sohasida:
madaniyatshunoslik, teatrshunoslik, san’atshunoslik, musiqashunoslikni va ushbu sohadagi boshqa ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantiradi;
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi;
xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam beradi;
tarixiy shaxslar, zamonamiz qahramonlari obrazlarini yaratish, teatr asarlarining g‘oyaviy-badiiy darajasini ko‘tarish, xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish, teatr tanqidchiligini kuchaytirish choralarini ko‘radi;
yosh kompozitorlar, bastakorlar, musiqashunoslar va ijrochilarning ijod bilan samarali shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni kengaytiradi;
milliy raqs san’atining noyob merosini, shu jumladan, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi sahna liboslarini saqlab qolish, tiklash va yangilarini yaratish ishlarini olib boradi;
mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo‘nalishlarini asrash va avaylash choralarini ko‘radi, xalqimizga estetik zavq bag‘ishlovchi zamonaviy o‘zbek raqs maktabini yaratadi;
iste’dodli estrada xonandalarini aniqlash va ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiradi;
milliy raqs san’atining rivojlanish bosqichlarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganadi;
tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalarida iste’dodli ijodkorlarni barvaqt aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish tizimini takomillashtiradi;
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika konsert saroylari, konsert zallari va stadionlarida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.
chet ellarda o‘qiyotgan va samarali ijodiy faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;
iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning xalqaro ko‘lamda va respublika miqyosida madaniyat va san’at sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar, festivallarda va boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
Vazirlik tizimiga kiruvchi madaniyat tashkilotlarining jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan, chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi.
g) madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish sohasida:
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;
ta’mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha ishlarni, Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarning ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarni qurish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan madaniyat obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
madaniyat va san’at muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi;
zamon talablari va xalqaro standartlarga mos yangi ko‘ngilochar markazlar, madaniyat va istirohat bog‘larini barpo etadi;
mahalliy madaniyat va san’at muassasalarini jahon madaniy makoniga puxta integratsiya qiladi;
mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishda boy tarixiy-madaniy merosdan hamda madaniyat va san’atning zamonaviy yo‘nalishlaridan samarali va to‘liq foydalanish choralarini ko‘radi;
madaniyat sohasidagi muammolarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilishini tashkil etadi.
d) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifalari hamda yo‘nalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sohasida:
zamonaviy pyesalar, milliy mumtoz, jahon klassik asarlari asosida teatrlarning uzoq muddatli repertuarini shakllantiradi, teatrlarning mahalliy va xorijiy davlatlardagi gastrol faoliyatini tizimli amalga oshiradi;
avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy musiqa merosimizni asrab-avaylash, yangi sharoitlarda rivojlantirish va ulardan xalqimizni bahramand qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish ishlarini olib boradi;
milliy qadriyatlar asosida estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantiradi va targ‘ibotini kuchaytiradi;
aholining madaniy ehtiyojlarini qanoatlantirishga, yoshlarni yuqori saviyadagi milliy estrada qo‘shiqlari namunalari asosida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlar, konsertlar va gastrollarni tizimli tashkil etadi;
musiqa va san’at maktablarida “ustoz-shogird” an’analarini rivojlantiradi hamda taniqli san’atkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etadi;
ijodiy birlashmalar, jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati, repertuarlari va ssenariylarining g‘oyaviy va badiiy saviyasini oshirish ishlarini olib boradi;
madaniyat va istirohat bog‘lari hamda madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini ko‘radi;
madaniyat va istirohat bog‘larining qiyofasini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularda xalq sayillarini doimiy o‘tkazish tizimini yaratish, attraksion va o‘yin qurilmalarining texnik xavfsizligini ta’minlash ishlarini olib boradi;
madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha turizmning imkoniyatlarini kengaytiradi;
respublika hududlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib turizmni rivojlantirish borasidagi loyihalar doirasida muhim o‘rin tutadigan yangi madaniy sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
madaniyat va san’at sohasida milliy brendlarni yaratishga va ularning xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga kompleks yondashadi, shuningdek, madaniyat sohasida xalqaro tanlov va festivallar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash ishlarini olib boradi;
ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va san’atni rivojlantirishning ilg‘or tajribasini umumlashtiradi;
ushbu yutuqlarning sohada joriy etilishini ta’minlaydi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va san’at sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga ko‘maklashadi;
ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi.
e) madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, moddiy rag‘batlantirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash sohasida:
Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarni malakali kadrlar bilan ta’minlaydi;
har yili oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish borasida madaniyat va san’at sohasida takliflarni shakllantiradi;
o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;
madaniyat sohasida mutaxassislarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha kasb mahorati tanlovlari o‘tkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
ta’lim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish bo‘yicha asosiy talablarni belgilaydi;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;
aholining madaniy saviyasini oshirishga intilishini rag‘batlantiradi;
aholini milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishlarini va attestatsiyadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslarini o‘tish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda madaniyat va san’at arboblarini, yetuk pedagog-mutaxassislarini taklif qiladi;
madaniyat va san’at bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni tasdiqlaydi;
sohada professional malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish tizimini takomillashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlang‘ich musiqa tushunchalarini shakllantiruvchi (folklor musiqa, akademik mumtoz musiqa, estrada musiqasi) maxsus adabiyotlar yaratilishini ta’minlaydi va bolalar ijro repertuarini shakllantiradi;
sohadagi boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida ta’limning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash hamda ta’lim sifatini oshirish choralarini ko‘radi, uning pirovardida iste’dodli ijodkorlarni yetishtiradi;
sohada ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish hamda san’at ahlining mehnat va ijod sharoitini yaxshilash choralarini ko‘radi;
jahonning mashhur madaniyat va san’at muassasalari bilan tajriba almashish va malaka oshirish tizimini kengaytiradi;
xorijiy va milliy an’anaviy ta’lim tizimining eng yaxshi yutuqlaridan, shuningdek, sohada ta’limni rivojlantirishga asoslangan texnologiyalardan keng foydalanish choralarini ko‘radi;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini ko‘rsatishda ularga ko‘maklashadi.
j) davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash sohasida:
madaniyat tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, madaniyat masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o‘rnatadi;
madaniyat va san’at sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;
respublikada va xorijiy mamlakatlarda professional san’at va havaskorlik san’ati festivallari, ko‘rik-tanlovlar, shuningdek, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
ijodiy jamoalar, madaniyat va san’at mutaxassislarini, arboblarini ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xalqaro tanlovlar, festivallarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashishini ta’minlaydi;
milliy kino mahsulotlarini keng targ‘ib qilishga va ularning xalqaro kinofestivallarda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashadi;
tarixiy haqiqat va real voqelikni yorqin aks ettiruvchi hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar yaratish tizimini takomillashtirishda ishtirok etadi;
kino muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash va jihozlashga ko‘maklashadi;
xalqaro madaniy aloqalarini yo‘lga qo‘yadi va rivojlantiradi.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, o‘zining hududiy madaniyat organlari, o‘ziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
madaniyat tizimi strategik rivojlanishini belgilash;
hududiy madaniyat organlarida va Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
hududiy madaniyat organlarida va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish;
idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash;
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va madaniyat tizimida qurilish obyektlari sifati monitoringini yuritish;
hududiy madaniyat organlarida va idoraviy mansub tashkilotlarda qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
14. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri (keyingi o‘rinlarda — Vazir) va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi;
Vazirlik tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
madaniy faoliyat sohasini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi;
Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida madaniy faoliyat sohasidagi tendensiyalar to‘g‘risida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
madaniy faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordamini beradi;
Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
madaniy faoliyat sohasiga davlat-xususiy sheriklikni joriy etadi;
nodavlat madaniyat va san’at tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
idoraviy mansub ta’lim muassasalarda ta’lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
idoraviy mansub ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarda ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;
hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarning binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
15. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar) bilan hamkorlik qilish;
madaniy faoliyat sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarida, davlat madaniyat tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish;
hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar qabul qilish;
davlat madaniyat tashkilotlarida zamonaviy xavfsizlikni ta’minlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
davlat madaniyat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingini tuzishda ko‘maklashish;
davlat madaniyat tashkilotlari xodimlari kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga qat’iyan yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlarning binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
17. Quyidagilar tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish;
davlat madaniyat tashkilotlarida madaniy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
18. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
madaniyat tashkilotlarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
davlat madaniyat tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;
davlat madaniyat tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari vakolatiga tegishli bo‘lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
19. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida, beg‘araz foydalanish huquqi bilan berish;
hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va boshqa qonunga zid harakatlar, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatiga asossiz aralashuvga, madaniyat xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga, faoliyatiga to‘sqinlik qilishning har qanday shakllariga, madaniyat xodimlarining huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rish;
Vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida hududiy madaniyat organlarining va boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmalarini hamda ustav (nizom)larini tasdiqlash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu tuzilmalar hamda Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilash;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, ularning madaniyat sohasidagi ekspertlarini Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga konsultantlar sifatida jalb qilish;
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar, chet elda faoliyat olib borayotgan vatandoshlarni ishga qabul qilish;
Vazirlik va uning tizimini moliyalashtirishga zarur sarf-xarajatlar bo‘yicha takliflarni shakllantirish, shuningdek, zarurat bo‘lganda, xorijiy kreditlar, grantlar va boshqa mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik, uning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy madaniyat organlarining ko‘chmas mulki va boshqa turdagi mulklarini samarali boshqarishni tashkil etish;
idoraviy mansub tashkilotlar tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Vazirlikning va unga idoraviy mansub tashkilotlarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;
Vazirlik va hududiy madaniyat organlari xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
o‘z vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Vazirlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida Vazirlik tizimi rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Madaniy faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan ijro etilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganish;
Vazirlik tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
20. Vazirlik:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, madaniyat sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
madaniyat sohasini rivojlantirish, shuningdek, madaniyat sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
21. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan madaniyat masalalari bo‘yicha materiallar va ma’lumotlarni Vazirlikning hududiy madaniyat organlaridan va idoraviy mansub tashkilotlardan so‘rash va olish;
Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan madaniyat sohasiga oid masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhl
ar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlaridan o‘zlari tomonidan kiritilgan madaniyat bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
madaniyat sohasida davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘rganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
22. Vazirlikning markaziy apparati:
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlar, buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi;
madaniyatni rivojlantirish, shu jumladan, hududlarda madaniyatni rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi tashkil etilishi;
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hududiy madaniyat organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
madaniyat sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini o‘rganish;
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida madaniyat sohasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
madaniyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
Vazirlik hududiy madaniyat organlari va uning tizimi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
25. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari tuman (shahar) bo‘linmalaridan, madaniyat tashkilotlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini o‘rganish;
davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
26. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari:
tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
madaniyat sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
madaniyat masalalariga doir takliflarni tayyorlash va madaniyat masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tumanlarda (shaharlarda) madaniyat sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
bo‘lim va Vazirlik tizimidagi tashkilotlar uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
27. Quyidagilar Vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Vazirlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) Vazirlik, uning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq madaniyat sohasida prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
6) madaniyat masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini bajarish;
8) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
9) Vazirlik tizimini rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqib Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga,“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
11) Vazirlik tizimi mutaxassislarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
12) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
14) faoliyat sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasining Reglamenti) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
15) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
16) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, korrupsiyaga qarshi, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);
17) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son va “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
18) o‘z o‘rinbosarlari va hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
19) Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
20) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari) talablariga rioya etilishini ta’minlash;
21) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
22) Vazirlik va uning hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat madaniyat tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali madaniyat sohasida davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) hududiy madaniyat organlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash, unda ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini nazarda tutish;
28) Vazirlik markaziy apparati va hududiy madaniyat organlari to‘g‘risidagi nizomni, Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
29) Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
30) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
31) Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish.
32) Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazir boshqa funksional vazifalarga ega bo‘lishi mumkin.
28. Quyidagilar vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Vazir vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) Vazirlik hay’ati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, qorrupsiyaga qarshi, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son va “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
14) madaniyat sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, madaniyat sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
16) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) madaniyat sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) tegishli tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazir va (yoki) o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, korrupsiyaga qarshi, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son va “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
15) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
30. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Vazirlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy madaniyat organlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
5) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy madaniyat organlarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy madaniyat organlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
9) Vazirlik hududiy madaniyat organlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy madaniyat organlari kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Vazir nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy madaniyat organlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
11) hududiy madaniyat organlari xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
12) hududiy madaniyat organlari xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
13) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy madaniyat organlari tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy madaniyat organlari tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
15) hududiy madaniyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
16) hududiy madaniyat organlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, madaniyat sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
17) Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy madaniyat organlari tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) hududiy madaniyat organlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
31. Quyidagilar tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) tuman (shahar) bo‘linmasiga rahbarlik qilish;
3) faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
4) davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
8) tuman (shahar) bo‘linmasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, tuman (shahar) bo‘linmasida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlarda (shaharlarda) tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
10) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
11) tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;
12) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
32. Vazir:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
33. Vazir o‘rinbosarlari:
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;
1) tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari:
1) hududiy madaniyat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
36. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari:
1) tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
37. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
38. Vazir o‘z maqomiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.
39. Vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
40. Vazirning birinchi o‘rinbosari va boshqa o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
41. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa vazirning tegishli buyrug‘iga asosan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
42. Quyidagilarni:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;
2) viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan;
3) tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan amalga oshiriladi.
43. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
44. Vazir:
1) Vazirlik hududiy boshqarmalari va tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmalarini ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini nazarda tutgan holda tasdiqlaydi;
2) Vazirlik markaziy apparati va hududiy madaniyat organlari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimidagi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
3) Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi.
45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy madaniyat organlariga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) Vazirlikning hududiy madaniyat organlariga va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
5) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
6) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, madaniyat sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
46. Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida ma’lumot beradi;
2) madaniyat sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
4) o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
5) madaniyat sohasidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.
47. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy madaniyat organlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u bo‘yicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
48. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari o‘z vakolati doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalarining hududiy organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
49. Vazirlikning hududiy madaniyat organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
50. Vazirlik faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari, Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan mutasaddilik qilinadi.
51. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), Vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari tizim tashkilotlari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
52. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rgan holda hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
madaniyat sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
joylarda madaniyatning dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
53. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
54. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
55. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
56. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini ma’lum qilishi mumkin.
57. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
58. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.
59. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
60. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
1) Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
2) Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
3) Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
61. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Vazirlik huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari to‘lash) manbalari hisoblanadi.
62. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, moddiy yordam, ustama va rag‘batlantirish to‘lovlaridan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
63. Vazir Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
64. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlari, parlament va deputat so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganadi, Vazirlik tizimidagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqadi.
65. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
66. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 141-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga 4-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 8-martdagi 199-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga ilovaning 5-bandi.